Ishonch telefonlari:
(0375) 652-18-58
(0375) 652-14-65
Imkoniyati
cheklanganlar
» » VATANPARVARLIK MAKTABI, QUVONCH VA ISHONCH ORTDI
05
апрель
2018

VATANPARVARLIK MAKTABI, QUVONCH VA ISHONCH ORTDI

VATANPARVARLIK MAKTABI, QUVONCH VA ISHONCH ORTDI

Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan xalqning davlat organlariga va o‘z ertangi kuniga bo‘lgan ishonchini qozonish, odamlarning tinchlik va osoyishtalikni saqlashda Milliy armiyamiz bilan hamkorligini ta’minlash, yoshlarni chinakam vatanparvar, mard va jasur qilib tarbiyalash borasida istiqbolli taklif va tavsiyalar berilayotgani samarali natijalarga erishilishiga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasini chin ma’noda ustuvor yo‘nalishlarni maqsad qilgan munavvar yo‘l mash’alasi deb atash mumkin.
Joriy yilning 9 mart sanasida tuman markaziy o‘yingohida Harakatlar strategiyasi doirasida kechgan tadbir ham tumandoshlarimizga olam-olam quvonch va g‘urur baxsh etdi.
Davlat xavfsizlik xizmati tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimligi, Qarshi harbiy prokuraturasi, DXX chegara qo‘shinlari harbiy qismlari, tuman IIB, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, tuman Madaniyat bo‘limi jamoalari hamkorlik qildi. Yuqori saviyada kechgan «Armiya va xalq birdamligi» deb nomlanuvchi mazkur vatanparvarlik doirasidagi tadbirni tuman hokimi R. Komilov tabrik so‘zi bilan ochdi. Xavf-sizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, ahil qo‘shnichilik muhitini shakl-lantirish, yurtimizning xalqaro nufuzini oshirish yuzasidan so‘z yuritgan chegara qo‘shinlari harbiy qism komandiri, podpolkovnik A. Poshshaxodjayev O‘zbekiston Qurolli kuchlari tizimida ro‘y berayotgan yuksalish va yangiliklar borasida to‘xtaldi.
Tadbirda harbiy qism askarlarining jangovar harakatlarni mahorat bilan namoyish qilgani, o‘rgatilgan it yordamida bajarilgan mashqlar va harbiy texnika hamda qurol-aslahalar ko‘rgazmasi yosh ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Jangovar texnika va qurol-aslahalarni yaqindan ko‘rish, ularni qo‘llanishi va vazifalari haqida mutaxassislardan ma’lumotlarni tinglash o‘g‘il-qizlar uchun maroqli kechgani ularning ko‘zidagi hayrat va quvonchdan ham sezilib turdi. Yoshlar ko‘zidagi quvonchda davlatimiz qudrati va xalqimiz ertasiga bo‘lgan ulkan ishonch, yurakda jo‘sh urgan cheksiz g‘urur va Ona Vatanga sadoqatli farzand bo‘lish, Milliy armiyamiz saflarida xizmat qilishdek yuksak havas balqib turgani ko‘pchilikni ruhlantirdi.
Tadbir tashkilotchilari tomonidan yoshlar o‘rtasida kechgan turli sport musobaqalarida tumanimiz sha’nini munosib himoya qilgan sportchi o‘g‘il-qizlar va jamoalarga kubok, medal, diplom va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. San’atkor va havaskor xonandalar ijrosidagi Vatanni madh etuvchi taronalar ham yig`ilganlarga manzur bo‘ldi.
Armiya va xalqning birdamligini ta’minlash, yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim maktab vazifasini o‘tagan ushbu tadbirda Qarshi harbiy prokuraturasi prokurori, podpolkovnik J. Ashurov qatnashdi.

Похожие публикации:

Hokimiyat haqida
-----------------------------------

-----------------------------
Power by: Maxmaniyozov Suxrob & Jasur Habibullayev ©2018