Ishonch telefonlari:
(0375) 652-18-58
(0375) 652-14-65
Imkoniyati
cheklanganlar
» » Ichki turizim doimo muhim. Shahri Keshga sayohat
05
апрель
2018

Ichki turizim doimo muhim. Shahri Keshga sayohat

Ichki turizim doimo muhim. Shahri Keshga sayohat

Ona O‘zbekistonimizning chiroyi dunyoga doston bo‘lib, ana shu go‘zal va betakror vatanimizda jonajon vohamizning o‘rni ham beqiyos. Viloyatimizning har bir tumanida qadim qadamjolar, milliy ma’naviyat va madaniyat o‘choqlarining bebaho namunalari borligi ko‘ngilga huzur bag‘ishlaydi. Ayniqsa qadimdan hozirga qadar ma’lumu mashhur bo‘lgan Shahrisabzning ta’rifi o‘zgacha.
Joriy yil 3 mart kuni tuman hokimi R. Komilov tashabbusi bilan 400 nafardan ziyod tumandoshlarimiz qadim va navqiron Shahrisabz sari sayohatga otlanishdi. Ta’rifi tillarda doston bo‘lgan Oqsaroyning ayni chog‘dagi ko‘rinishiga boqib sayohatchilarning ko‘zlarida quvonch porlaydi. Amir Temur muzeyi va temuriylar davriga oid asori-atiqalar yoshu qarida birdek iliq taassurot qoldirdi.

Похожие публикации:

Hokimiyat haqida
-----------------------------------

-----------------------------
Power by: Maxmaniyozov Suxrob & Jasur Habibullayev ©2018